Loyiha yakuni yoxud taqdirlash tadbiri
Xabaringiz bor, joriy yilning mart oyida bahorning ilk kunlarini yaxshi natijalar va yaxshi kayfiyat bilan kutib olgan institutimiz Yoshlar jamoasi bahor bayramlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu jumladan, 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayramiga tayyorgarlik jarayonlari, o‘tkazilayotgan amaliy ishlar, xotin- qizlarning jamiyatda o‘rnini oshirishga qaratilagan chora-tadbirlar bugungi kunda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2020 yil 2-6 mart kunlari institut rahbariyati va xotin-qizlar jamoasi, Yoshlar bilan ishlash sektori tomonidan “Bahorning besh kuni” nomli institut xotin-qizlari uchun turkum tadbirlarini, tanlovlarini qamrab olgan festival tashkil etildi. Ushbu loyiha va tashabbusni qo‘llab-quvvatlab institut rahbariyati festivalni ochib berdi va 4 kun davomida institut fakul’tetlaridagi xotin-qizlar uchun qiziqarli, tanlovlar, tadbirlar tashkil etildi hamda ko‘plab talaba-qizlarni qamrab olib, o‘z safida birlashtirdi. Tanlovlar qizg‘in bahslar va yaxshi kayfiyat bilan o‘tdi. Qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhit, do‘stlik, hamjihatlik, jamoa bo‘lib ishlash jarayonlari oldingidan ham jonlandi desak, adashmagan bo‘lamiz. Ayniqsa, fakul’tetlar xotin-qizlar jamoasi raislari birlashib ish olib borish bo‘yicha kelishib olishdi. Bu esa o‘z navbatida keyingi chora-tadbirlarda o‘z natijasini berishiga ishonamiz. Festival doirasida 15 ga yaqin tanlovlar, sport musobaqalari, tadbirlar, intellektual o‘yinlar o‘tkazildi. Umumiy qamrov 725 ga yaqin institut xotin-qizlari. Loyiha madaniyat va ma’rifat telekanali, radioefirlar va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borildi. Bugun, 6-mart kuni institut xotin-qizlari uchun tashqil etilgan “Bahorning besh kuni” festivali yopilishi, ishtirok etgan va g‘olib bo‘lganlarni taqdirlash marosimi, kunning birinchi yarmida institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori, professor-o‘qituvchilar, fakul’tetlar rahbariyatlari ishtirokida o‘tkazildi. Tadbirni institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori R.K.Choriev ochib berdi hamda loyihada ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan xotin-qizlarga sertifikat hamda institut rektorining sovg‘alarini tantanali topshirdilar. 150 yaqin xotin-qizlar ajoyib sovg‘alar bilan taqdirlanishdi, tashkiliy ishlarda yordam bergan professor-o‘qituvchilar hamda hodimlarga, talabalarga ham sertifikatlar taqdim etildi. Ishtirok etgan har bir xotin-qizlar taqdirlash jarayoni shunday yuqori darajada tashkil etilishini kutishmaganini bir necha marotaba ta’kidlab o‘tishdi.
Bu albatta, tashabbuslarning boshlanishidir, ushbu loyihani institut rahbariyatining qo‘llab-quvvatlagani, ishonch bildirgani kelgusida mana shu qizlar hamftaligi davomiy bo‘lishi, sof raqobat muhitini yaratib, qamrov darajasi bundan ham yuqori bo‘lishiga olib keladi. Bahorning besh kuni loyihasini tashkil etish va o‘tkazishda yaqindan yordam bergan, qo‘llab-quvvatlagan institut rahbariyati, faku’tetlar rahbariyatlariga, institut Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotiga ishtirok etgan barcha xotin-qizlar nomidan samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Tashkiliy ishlarda ko‘mak bergan talaba-yigitlarga ham alohida rahmat aytamiz. Muhimi barcha xursand, xotin-qizlar jamoasidan mana shunday ijobiy tashabbuslar davomiy bo‘lishini kutib qolamiz.
TIQXMMI matbuot xizmati